Jaziramada kechki ovqat uchun “okroshka” tayyorlang

Добавлено: 02 Июня 2020 Источник: daryo.uz

Kunlar isigani sayin issiq bo‘lmagan, yengil va foydali mahsulotlardan tayyorlangan taom va salatlarga bo‘lgan ehtiyoj ortadi. Tayyorlanishiga ko‘p vaqt ketmaydigan “okroshka” esa yoz kunlari uchun eng yaxshi tanlov hisoblanadi.

“Okroshka” tayyorlash uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Kartoshka — 4 dona
  • Go‘sht yoki kolbasa
  • Bodring — 2 dona
  • Tuxum — 4 dona
  • Ko‘katlar
  • Qatiq yoki kefir (uyingizda boridan tayyorlashingiz mumkin)
  • Rediska — 4 dona
  • Mineral suv
  • Tuz, murch — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanish jarayoni:

  • Kartoshka va tuxumni suvda qaynatib oling.
  • Hamma sabzavotlarni mayda to‘rtburchak shaklda to‘​g‘rang.
  • Ko‘katlarni ham mayda qilib to‘​g‘rang.
  • Hamma masalliqlarni idishga soling, tuz va murch sepib yaxshilab aralashtiring (masalliqlar ezilib, ta’mi bir-biriniki bilan aralashishi kerak).
  • Kefir yoki qatiq soling, ustidan mineral suv qo‘shing.
  • Qatiq va suv 1:1 bo‘lishi, ya’ni bir litr qatiqqa bir litr suv qo‘shilishi kerak.
  • Yaxshilab aralashtirib, muzlatkichga ikki soatga qo‘ying.

“Okroshka” tayyor, yoqimli ishtaha!

303

Оставить комментарий

Имя:
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ