Yig‘ilgan pullarni foyda bilan sarflash va ko‘paytirish usullari

Добавлено: 01 Июля 2020 Источник: xabardor.uz

Agar pullarni yig‘ib, ko‘rpacha tagiga tashlab qo‘yaversangiz, ular qadrsizlanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham ular sizga hozirning o‘zida xizmat qilibgina qolmay, borgan sari ko‘payib borishiga ham imkon yarating.

Jamg‘arma hisobi
Siz pulni muddatsiz hisob raqamiga o‘tkazasiz va bank xizmatlaridan foydalanganda har oyda bank sizga foiz to‘laydi.
Foyda olish muddati: biy oydan boshlab
Xavflar: agar siz ishonchli bankka murojaat qilsangiz va begona odamlar hamda internet-bankingga ma’lumot bermasangiz, deyarli yo‘q.

Omonat


Siz bankka belgilangan muddatga pul qo‘yasiz va u uchun foiz olasiz. Omonat bo‘yicha o‘zgaruvchan stavka uchun muddat va foizlar nisbatiga e’tibor qarating. Ba’zan shunday bo‘ladi, masalan, bankka bir yil davomida pul qo‘yish olti oyga qaraganda ko‘proq foydalidir, lekin bir yarim yilga qaraganda kam foyda keltiradi. Shartnoma shartlariga qarab, keyinchalik barcha pullarni bir vaqtning o‘zida olish uchun omonatdagi daromadlar har oyda to‘lanishi yoki asosiy summaga qo‘shilishi mumkin. Agar omonat ko‘p bo‘lsa, miqdorni har xil banklarga taqsimlang, shunda har bir omonat miqdori 1,4 milliondan oshmaydi – bu moliya muassasasining bankrotligidan sug‘urta qilingan miqdor.
Foyda olish muddati: bir oydan, lekin uzoqroq muddatni tanlash foydalidir.
Xavflar: agar siz ishonchli bank bilan bog‘lansangiz va begona odamlarga internet-bankingga ma’lumot bermasangiz, deyarli yo‘q.

Ta’lim

Potensial porloq kelajak uchun tejalgan jamg‘arma bilan xayrlashish avvaliga xavfli usul. Ta’limga sarmoya kiritishdan oldin, ijobiy va salbiy tomonlarini sinab ko‘rish, murojaat qilishingiz mumkin bo‘lgan lavozimlarning ro‘yxatini tuzish, ular uchun o‘rtacha ish haqini bilib olish kerak.
Agar hisob-kitoblar optimistik ko‘rinadigan bo‘lsagina, sinab ko‘rishga arziydi.
Foyda olish muddati: bir necha oydan bir necha yilgacha.
Xavfi: agar siz puldan boshqa narsani investitsiya qilishga tayyor bo‘lmasangiz va professional bozorni yaxshi o‘rganmasangiz xavf yuqori.

Uyni ijaraga berish

Bu juda uzoq muddatli sarmoya ekanligiga tayyor bo‘ling. Bunda siz kvartira sotib olasiz va unga ijarachi qo‘yasiz.
Foyda olish muddati: birinchi pul – bir oy ichida, foyda – bir necha yil ichida keladi. Lekin sizda istagan vaqtingiz sotishingiz mumkin bo‘lgan kvartirangiz bo‘ladi.
Xavflar: agar mulkni diqqat bilan tanlasangiz va ijarachilaringiz yaxshi bo‘lishsa, xavf darajasi o‘rtacha ko‘rsatkichdan past.

Aksiyalar
Aksiyalarga sarmoya kiritishda barcha jamg‘armani aynan bir kompaniyaga sarflamaslik, bir nechta kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlarini sotib olgan ma’qul. Bu hech bo‘lmaganda, qimmatli qog‘ozlarning bir qismining qiymati tushib ketganda tejashni ta’minlashga imkon beradi. Birjada sizni namoyish etadigan brokerni tanlashda uning Markaziy bankdan davlat litsenziyasi borligi va uning kompaniyasi davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tekshiring.
Foyda olish muddati: bir yildan keyin – dividendlar bo‘yicha yoki aksiyalarni sotish orqali istalgan paytda foyda olishingiz mumkin.
Xavflar: agar siz bu masalani tushunmasangiz xavf ehtimoli yuqori.

Biznesga investitsiya
Tavakkal qilishni yaxshi ko‘radigan va o‘z ichki sezgilariga ishonadiganlar start-up yoki innovatsion texnologiyalarga sarmoya kiritishlari mumkin. Ammo xatarlar juda katta, aksariyat kompaniyalar yonib ketishi ham mumkin. Shuning uchun ham juda mashaqqat bilan topilgan va oxirgi pullaringizni investitsiya qilmang. Qaysi sanoat sohasida muvaffaqiyat ehtimoli ko‘proq ekanligi, dastlab nimalarga e’tibor berish kerakligini tushunish uchun siz ko‘p miqdordagi ma’lumotlar to‘plashingiz kerak bo‘ladi.
Foyda olish muddati: bir necha yil
Xavflar: yuqori

Jamg‘arilgan pullar faqatgina sizga kerak bo‘lib qolganida emas, doimiy tarzda foyda keltirib turishi uchun yuqoridagi usullardan biri yoki bir nechtasini qo‘llab ko‘rishingiz mumkin. Siz o‘zingiz yig‘gan pullaringizni nimalarga sarflash va qanday ko‘paytirishni afzal ko‘rasiz? Izohlaringizni komentlarda yozishingiz mumkin.

250

Оставить комментарий

Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ