Test: ​Juftingizga qanchalik mossiz?



Hammamiz ham o`z juftimizning qalbiga yo`l topa olishni, uning dunyoqarashi bilanfe`l-atvorimiz mos kelishini istaymiz. Oila qurish arafasidagi yoshlar va er-xotin munosabatlaridagi samimiylik nechog`li muhim-u, soxta muomala qanchalik xavfli? Ushbu test sizga rishtalaringiz qanchalik mustahkam ekanini aniqlashga yordam beradi. Buning uchun (erkak ham, ayol ham alohida) test savollariga javob tayyorlab, har bir “A” javob uchun 5 ball, har bir “B” javob uchun 0 ball qo`yishi lozim.

 

1. Fikringizcha, er va xotin baravar dam olishi kerakmi?

a) Ha

b) Yo`q

2. Oila qurish va uning barqarorligidan maqsad farzand ko`rish va uni tarbiyalashmi?

a) Ha

b) Yo`q

3. Farzandlarni mustaqil fikrlash va yashashga ertaroq o`rgatish kerak,to`g`rimi?

a) Ha

b) Yo`q

4. Er va xotin bir-biriga hamma gap-so`zini aytishi shart emas, degan fikrga qo`shilasizmi?

a) Ha

b) Yo`q

5. Bolalar doimo o`z ota-onasiga quloq tutishi lozimmi?

a) Ha

b) Yo`q

6. Ota-onangiz uyida bolaligingiz hamisha tinchlik, urush-janjallarsiz o`tganmi?

a) Ha

b) Yo`q

7. Turmush qurgandan keyin inson o`zining (qarama-qarshi jins vakili bo`lgan) avvalgi tanishlari bilan muloqotda bo`lishni to`xtatadi, sizningcha-chi?

a) Ha

b) Yo`q

8. Bazm, mehmondorchilik, do`stlar bilan uchrashuvlarni yoqtirasizmi?

a) Ha

b) Yo`q

9. Ota-ona bolalar “hayoti”ga kamroq aralashishi kerakmi?

a) Ha

b) Yo`q

10. Inson juftu halolini yarimta gapidan nima demoqchiligini tushunishi muhimmi?

a) Ha

b) Yo`q

11. Sizningcha, bolalar yoshlikdanoq pul topish qiyinligini bilishi kerakmi?

a) Ha

b) Yo`q

12. Er va xotin alohida tanishlarga ega bo`lishi kerakmi?

a) Ha

b) Yo`q

13. Ota-onalar bolalar uchun namuna, ideal bo`la oladimi?

a) Ha

b) Yo`q

14. Nikohdan maqsad moddiy farovonlikmi?

a) Ha

b) Yo`q

15. Onangiz bilan aloqangiz yaxshimi (erkaklar uchun savol)? Otangiz bilan aloqangiz yaxshimi (ayollar uchun savol)?

a) Ha

b) Yo`q

16. Bolalarni qattiqqo`llik bilan tarbiyalash to`g`rimi?

a) Ha

b) Yo`q

Natijalar:

*Agar siz va turmush o`rtog`ingiz bilan ballar o`rtasidagi farq 25 ball va undan kam bo`lsa, munosabatlaringiz yaxshi ekanini bildiradi. Bu ikki dunyoqarash va ko`ngilning mos tushishidan dalolat. Harholda shunday xulosa chiqarish uchun asos bor. Umid qilamizki, bir-biringizning yangi fazilatlaringizni kashf qilib, kundan-kun yaqin bo`lib boraverasiz.

*Agar farq 30-55 ball o`rtasida bo`lsa, o`rtangizda ba`zi tafovutlar tufayli muammolar kelib chiqishi mumkin. Biroq ma`lumki, jiddiy munosabatlarda bir-biriga yon bosmay, qo`llab-quvvatlamay bo`lmaydi. Agar siz turmush o`rtog`ingizning fikrini xotirjam tinglashni o`rganib olsangiz, munosabatlaringiz juda yaxshi tus oladi. Lekin yon bosishda ham aqlga tayanib ish tutish maqsadga muvofiq.

* Agar farq 60 ball va undan yuqori bo`lsa, sizning hayot va oila haqidagi o`y-fikrlaringiz umuman boshqa-boshqa. Ikkingizning qarashlaringiz bir-biringizga to`g`ri kelmasligi bois ancha qiyinchilik tug`ilishi mumkin. Sevgi — bu faqat tabiat qo`ynida yonma-yon o`tirish yoki oy ostida sayr qilish emas, bu turmush hamdir. Bir-biringizga nisbatan sabrli bo`lish talab etiladi.

Shoira Shomurodova tayyorladi.


Ushbu maqolani do'stlaringizga ham tarqating, ular ham o'qib chqishsin.
Имя:
Email:
Код: