Smartfonlarga qaramlik qaysi avlod vakillarida kuchliroq namoyon bo‘ladi?

Добавлено: 01 Февраля 2020

Inson hayotini texnologiyalar ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydigan zamonlar yetib kelib, ular kundalik turmushimizni qanday zabt etganini sezmay ham qoldik. Turli xil kuzatishlar o‘tkazishdan charchamaydigan tinib-tinchimas tadqiqotchilar smartfonlarga qaramlik qaysi avlod vakillarida kuchliroq namoyon bo‘lishini aniqlash ustida kuzatishlar o‘tkazishdi. 

Bunda 2000-yildan 2019-yilgacha bo‘lgan davrda tug‘ilgan yosh avlod shartli ravishda “Z” avlod vakillari, 1980-1999-yillar oralig‘ida tug‘ilganlar “Y” avlod, 1960-yildan 1979-yilgacha tug‘ilgan keksa avlod esa “X” avlod deb belgilandi.

Bir qarashda, siz ham shubhasiz “Z” avlod vakillari smartfonga “yopishib” qolgan deb xulosa bildirishingiz mumkin. Ammo o‘rganish natijalari aksincha 35 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan o‘rta avlod vakillari ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarga nisbatan 40 daqiqa ko‘proq vaqtini o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. 

Tadqiqotchilar bu yerda qandaydir xatolik yuz bergan, deb o‘ylamasligingiz uchun natijalarga nisbatan xulosalarini asoslab ham berishdi. Unda aytilishicha, o‘rtacha umr kechirish “ekvatori”ga yaqinlashib borayotgan insonda muloqot qilish istagi va imkoniyatlari eng yuqori darajaga ko‘tarilar ekan. Shuning uchun, tadqiqot natijalarini noto‘g‘ri tushunmaslik kerak. “Y” avlod vakillari hali 30 yoshga to‘lmagan navqiron avlod kabi ijtimoiy tarmoqlarda tinimsiz surat joylashtirish, do‘stlariga post qoldirish uchun emas, ko‘proq muloqot, muhokamalar va boshqa jiddiyroq maqsadlar tufayli smartfonning ichiga “kirib” ketar ekan.

514

Оставить комментарий

Имя:
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ