Endi videoni qo‘l imo-ishoralari bilan boshqarish mumkin: “VKontakte” yangi “Kliplar” xizmatini ishga tushirdi

Добавлено: 01 Июля 2020 Источник: xabardor.uz

Rossiyaning “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i davomiyligi bir daqiqa bo‘lgan qisqa videolarni yaratish imkoniyatini beruvchi “Kliplar” xizmatini ishga tushirdi. Tasvirga olish jarayonini qo‘l imo-ishoralari yordamida boshqarish mumkin. 

O‘z iqtidoringizni namoyon qilishingiz mumkin
“VKontakte” jamoasi “Kliplar” xizmatini taqdim qildi. Bu ko‘ngilochardan tortib, to ta’limgacha bo‘lgan turli mavzudagi qisqa vertikal cheksiz tasmadir. Xizmatning qurilmalar paneli orqali istalgan foydalanuvchi maxsus ko‘nikma va qimmatbaho texnikasiz ham professionallikka yaqin darajadagi kontent yarata oladi. Ushbu texnologiyalar va ijtimoiy mexanikalar hisobiga “Kliplar” mualliflari keng auditoriyaga o‘zining qobiliyatlarini ifodalay oladi. Tomoshabinlar esa qiziqarli videokontentga ega bo‘lishadi”, deydi kompaniya vakillari.

Xizmat turi faoliyati kengayib boradi
2020-yilda ishlab chiqilishi boshlangan xizmatning muhim xususiyatlari AR-mexanik boshqaruvi yordamida kliplarni tasvirga olish imkoniyatini beradi. Rolikning tasvirga olishni boshlash yoki effektlarni qo‘shish uchun maxsus imo-ishoralardan foydalaniladi. Xizmatning rasmiy taqdimotida hozircha platforma 10ta imo-ishoraga javob berishi va kelajakda xizmatning funksiyalari yana-da kengayishi aytib o‘tildi. 

“Qisqa yarim professional roliklarni yaratishning yangi formati foydalanuvchilarning mobil videoga qiziqishi ortayotgan bir vaqtda mantiqiy qadam bo‘ldi. Biz reallikni qo‘sha oluvchi va imo-ishoralar yordamida boshqariluvchi platformani sozlashga muvaffaq bo‘ldik. Buning uchun biz chuqur mashina o‘rganish va klassik kompyuter ko‘rish texnologiyalarini mujassamlashtirdik. Shuningdek, mobil qurilmalarning grafik tezlatgichlarida algoritmlarning ishini faollashtirdik. Natijada, platformaning qurilmalari yordamida foydalanuvchi klip yarata oladi va tomoshabinlar e’tiborida professionallar bilan raqobatlasha oladi, deydi” mahsulot bo‘yicha direktor, kontent platformasining rahbari Marina Krasnova.

Ushbu ijtimoiy tarmoq vakilining xabariga ko‘ra, “Istoriya” xizmatidan farqli o‘laroq ushbu “Kliplar” xizmatida video bir daqiqagacha olinadi va muayyan vaqt oralig‘ida o‘zi avtomatik ravishda o‘chib ketmaydi. Yaqin kunlarda yangi xizmat turi VK mobil ilovaning barcha foydalanuvchilari uchun aktual bo‘ladi. Uning start bosqichida Pavel Volya, Yekaterina Varnava, Yevgeniy Kulik, Ilya Sobolev, Filipp Kirkorov va boshqa yuzlab mashhurlarning videolarini ko‘rishingiz mumkin. Tez orada barcha foydalanuvchilar o‘z videolarini joylashtirishlari mumkin bo‘ladi. 
VK’dagi video bir sutkada 750 marta ko‘riladi. Ular har oyda 80 mln. nafar foydalanuvchi tomonidan qo‘shiladi. Jonli translyatsiyaning har oylik auditoriyasi 45 mln. kishini tashkil qiladi.  Vertikal videolarga qiziqish darajasi yuqori: har oy 9 mln. nafar muallif “VKontakte”da 114 mln.dan ortiq “Istoriya” e’lon qiladi. Platformadagi barcha “Istoriya”lar esa  42 mln. tomoshabin tomonidan 7,6 mlrd.dan ko‘p tomosha qilinadi.

242

Оставить комментарий

Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ