Ko‘zi ojizlar qo‘l tekkizmay o‘qisa bo‘ladigan displey yaratildi

Добавлено: 01 Июля 2020 Источник: xabardor.uz

Bundan 150 yil avval ko‘zi ojizlarga o‘qish imkoni imkonini yaratish maqsadida Brayl alifbosi yaratilgandi. Hozirgacha undan butun dunyoda keng foydalanib kelinadi. Brayl yozuvi tekis yuzada turli holatda joylashgan 6ta bo‘rtiq nuqtadan iborat bo‘lib, asosan, sonlarni bilishga  ko‘maklashadi. Turli matnlarni aks ettiradigan interfaol Brayl displeylari ham bor, biroq ular juda qimmat va foydalanish xavfsiz emas. Chunki begona odam ekrandagi ma’lumotlarni o‘qib olishi mumkin. Yozilgan matnni ovoz yordamida o‘qish ham shaxsiy ma’lumotlarni almashishda noqulay. Shu sababli olimlar ko‘zi ojizlarga yozilgan matnni faqatgina o‘zlari o‘qishiga imkon beruvchi moslamani yaratish maqsadida doimiy ravishda izlanib kelishyapti.  

Brayl shrifti nima o‘zi? 
Germaniyalik injenerlardan biri ana shu masalaga yechim topdi. U ultratovush displeyida Brayl alifbosi raqamlarini aks ettirishga muvaffaq bo‘ldi. Ekran havoda ultratovush to‘lqinlaridan bir necha maydon hosil qiladi va unga kaftni yaqinlashtirishning o‘zi kifoya – barmog‘i yordamida bu to‘lqinlarni bemalol farqlay oladi. Olimlar sinov ishlari muvaffaqiyatli yakunlangach, bunday displeylarni bankomat klaviaturalari yoniga o‘rnatishni rejalashtirishyapti. 
Hozirda ko‘zi ojizlar bankomatdan foydalanishda Brayl shriftlarini qo‘llashadi: maxsus pin-kodni kiritishadi yoki qurilmaning o‘zidagi ovoz ko‘maklashadi. Biroq bu xavfsiz, deb hech kim kafolat berolmaydi. Chunki uning yonida turib, qaysi raqamlar terilayotganini bemalol bilib olsa bo‘ladi.  

Bu alifbo yaratuvchisi Lui Brayl otasining ustaxonasida o‘ynab yurar ekan, tasodifan ko‘zini jarohatlab oladi va oradan 2 yil o‘tgach, ko‘rish qobiliyatini mutlaqo yo‘qotadi. Shu tariqa u ko‘zi ojizlar uchun alifbo kash qiladi.

Ko‘zi ojizlar raqamlarni qanday tanib oladi? 

Yangi displeyni ko‘zi ojizlar foydalana oladigan har qanday qurilmaga o‘rnatish mumkin. Ekran ovoz to‘lqinlari yordamida signalni diapazonda modullashtiradi. Natijada odam tanasining ma’lum qismida (kaftda, barmoqda) sezilarli bosim va tebranishni his qiladi. Agar “kaftda” aks etgan ramz ko‘zi ojiz kiritishni istayotgan raqam bilan mos kelsa, u qo‘lini pastroqqa tushiradi va bitta teginish bilan kiritishni tasdiqlaydi.  

Albatta, bunday moslamaning o‘sha bankomatda to‘laqonli ishlashi va ko‘zi ojizlarning axborot kiritishlari qulay bo‘lishi uchun yangi tipdagi displeylar kerak bo‘ladi. Hozirda ayni turdagi displey yaratish g‘oyasi ko‘pgina olimlarni ilhomlantirgan. Uning bugungi kundagi yagona kamchiligi – amallarning o‘ta aniq emasligida. Kaftiga ta’sir etgan ramzlarni ko‘zi ojizlarning 85 foizi tanib olyapti. Bu, albatta, yaxshi natija. Biroq hozirda bankomatlarda Brayl alifboli oddiy klaviaturalar mavjud va zarur raqamni o‘ta aniqlik bilan kirita olishadi. Bundan tashqari, kerakli amallarni tezroq bajarish mumkin. Ammo konfidensiallik – sirlilik darajasi pasayib ketadi.    

Olimlar bunday ekrandan nafaqat bankomat va liftlarda, balki ko‘zi ojizlarning kundalik hayotida ham foydalanish mumkinligini aytishmoqda. Xuddi Brayl alifbosi singari ultratovush to‘lqinlarining kaftlariga urilishi yordamida axborotni farqlay olishadi. Ko‘rlar ojizliklari tufayli o‘z tafakkurlarida dunyo modelini yarata olishmaydi. Ular boshqa tuyg‘ularga tayanishadi. Shuning uchun ularda boshqa hissiyotlar qatori, Brayl yozuvidan foydalanishga yordam beruvchi teginish hissi ham kuchaygan.  

Olimlar 11 nafar ko‘zi ojiz kishi bilan suhbat o‘tkazishdi va ularga yangi qurilmani sinab ko‘rishni taklif qilishdi. Qurilma foydalanishga qulayligi bo‘yicha 100 ballik tizimdan 80 ballga oldi. Injenerlar ko‘zi ojizlar uchun bankomat va liftlarda ishlatishga mo‘ljallangan yangi displeyning bir necha ishchi prototiplarini yaratishdi.

Butun dunyo bo‘yicha millionlab odamlar ko‘zlarida asta-sekin nur sezuvchi hujayralarning paydo bo‘lishi tufayli yuzaga keladigan kasalliklar bilan og‘riydi va natijada ko‘rmay qoladi. 5 yil oldin Byorn va Getting universitetlari olimlari bunga barham berish uchun yangi uslubni yaratish ustida jiddiy ish boshlashgan edi. Biroq tajribalar sichqonlardan nariga o‘tmadi.  

Navfalbek Boltayev tayyorladi

234

Оставить комментарий

Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ