Davl



Yil "egasi" bilan ham "til topishib" olasiz! ( 21 yanvar – 19 fevral)

Umumiy bashorat

“Dalv”lar uchun 2019 yil oson kechmaydi. Chunki bu yilda avvalgi yildan qolgan muammolarni hal etishga, shuningdek, ayrim to`siqlarni engib o`tishga to`g`ri keladi. Yulduzlar sizga muloyimroq bo`lishni va boshqalarga yon bosishni o`rganishni tavsiya qilishmoqda. Sizga hurmat bilan qarovchi kishilarga e`tiborliroq bo`ling. Yozda moliyaviy ahvolni yaxshilashga to`g`ri keladi. Agar do`stlari yoki yaqin hamkorlariga murojaat qilsa, muammolari tezroq o`z echimini topishi mumkin. Daromadni ko`paytirish va moliyaviy inqirozga yuz tutmaslik uchun “To`ng`iz yili”da bir emas, ikkita ishda ishlash haqida o`ylab ko`ring.

2019 yilda oilaviy ro`zg`or yugur-yugurlari ham kutmoqda. Muammolarning aksariyati farzandlar va ularning tarbiyasi bilan bog`liq bo`ladi. Yaqin qarindoshlaringiz ham sizga yordam so`rab murojaat qilishadi. Ammo unutmang, nima bo`lganda ham faqat qo`lingizdan keladigan yordamni ko`rsatishga va`da bering. Undan ortig`iga boshqalarni ishontirmang.

Tabiatan qat`iyatli va jur`atlilarni “It yili”da barcha muammolar chetlab o`tgan edi. “To`ng`iz yili”da ham ana shu xislatlar sizni tark etmagan holda harakat qiling. Balki “To`ng`iz yili” bilan ham “til topishib olasiz”.

Muammolar boshingizga “yog`ilib” kelganda, o`zingizni yo`qotib qo`ymang. Xom-xayollarga emas, real hayotgaasoslanib ish ko`ring. Ana shunda ishingiz o`ngidan kelib, daromadingiz ortadi, xizmat safarlariga borish-u, foydali shart­nomalar imzolashga ham ulgurasiz. Hatto g`arbiy hamkorlar bilan ham kelishuv imzolashingiz ham ehtimoldan xoli emas. Bahorda moddiy ahvolingiz anchagina yaxshilanadi. Biroq may oyiga kelib yana muam­molar iskanjasiga tushib qolasiz. Raqobatchilar bilan kurashishga shay turing.

To`y qilish ostonasida turganlar 2019 yilda bu rejani ham amalga oshirasiz. Shuning uchun, avvalo, uy-joyni kengaytirish masalasida bosh qotiring. Yo`qsa, uzoq vaqt bu muammo o`z echimini topolmay qolib ketadi.

Dekabr oyida vaqtingizni dam olishga sarflaganingiz ma`qul. Hordiq oila a`zolar va do`stlar davrasida bo`lgani yaxshi.

“To`ng`iz yili” yangi tanishuvlarga boy bo`ladi. biroq do`st va hamkor tanlashda ehtiyotkorroq bo`ling.

ShAXSIY HAYoT

Shaxsiy hayotda tashabbusni o`z qo`lingizga oling va hissiyotlaringizni yashirmaslikka harakat qiling. Agar hali oila qurmagan bo`lsangiz atrofdagilarga faqat ijobiy xislatlaringizni namoyon qilishga vayaxshi taassurot qoldirishga intiling. Bilamiz, siz mustaqil bo`lishni yaxshi ko`rasiz. Biroq oila qurish mustaqillikni qo`ldan boy berish degani emas! Shu sababli, 2019 yilda bu masalaga jiddiyroq qarasangiz foydadan xoli bo`lmaydi.

Oilalilar esa hayotga yangi mazmun kiritish harakatida bo`lishlari lozim. Masalan, kattaroq uy xarid qilish yoki uyni ta`mirlatib, hovlining bo`sh turgan joyiga yangi xona qurish... Ha aytgancha, uy-ro`zg`or anjomlariga ehtiyotkorroq bo`ling.

“To`ng`iz yili”da qarindoshlar bilan munosabatlarga ozgina darz ketishi mumkin. Bunga turli sabablar ta`sir qiladi. Agar o`zingizni nazorat qila olmasangiz, tushunmovchiliklar yanada jiddiy tus oladi. Muammolarga to`g`ri echim — oila a`zolarini nimalar bilandir qiziqtirish. Masalan, katta bayram uyushtirish yoki tog`da dam olish bu masalada yordam beradi.

SALOMATLIK

“To`ng`iz yili”da salomatliklariga qayg`ur­masalar ham bo`laveradi. Biroq parhezga amal qilish, semirib ketmaslik juda muhim.Faqat parhez tutaman, deya birgina meva va sabzavotlar bilan cheklanib qolmay, taomnomani rang-barang qiling. Go`sht va baliq mahsulotlariga ham e`tibor qarating.

2019 yilda tez-tez sokin musiqa ostidamushaklarni bo`shashtirib, engillashishni maslahat beramiz. Suzish va ochiq havoda sayr qilish ham siz uchun juda foydali. Yozda esa albatta chiniqtiruvchi muolajalarni amalga oshirishingiz lozim. Zararli odatlaringizdan ham voz keching. Aks holda sog`lig`ingizga putur etadi. Chunki “To`ng`iz yili” zararli odatlarni xushlamaydi.

Shamollash, yo`tal, burun bitishi bezovta qilsa dori-darmon o`rniga xalq tabobati usullaridan foydalanib davolaning. Bu borada yaqinlaringiz, buvi va buvalaringizdan maslahat so`rang.

Immun tizimingizni mustahkamlab borishni hamda doimiy tibbiy ko`rikdan o`tishni ham unutmang.

KARERA

2019 yilda yulduzlar xotirjamlik bilan va chin ko`ngildan mehnat qilishni maslahat berishmoqda. “To`ng`iz yili”da sizni raqobatchilar cho`chita olmaydi. Yil boshida o`tgan yildan qolgan qarzlarni to`lab bo`lasiz va bahorga kelib moliyaviy ahvolingizni o`nglaysiz. Yangi kredit olishga shoshilmang. Ana shunda “To`ng`iz yili” sizni qo`llab-quvvatlaydi. 2019 yilda yangi ish boshlash, tadbirkorlikni yo`lga qo`yish va istiqbolli ishlarga bosh qo`shish kabi imkoniyatlaringiz bor.

Yulduzlar iyun-iyul oylarida kutilmagan daromadni qo`lga kiritishingizni bashorat qilishmoqda. Biroq bu borada ehtiyotkorroq bo`ling. Mablag`ning o`z-o`zidan kelishi ham bir sinov. Millionlarni qo`lga kiritsangiz ham, zeb-ziynat hamda ko`chmas mulkka ularni ishlatmang. Yaxshisi ushbu pullarni keyinchalik foydaliroq loyihalarni yo`lga qo`yish uchun olib qo`ygan ma`qul. Yaqinlaringiz yordam so`rab kelishsa, imkon qadar yaxshilik qiling.

Ba`zi tadbirkorlar uchun yilning ikkinchi yarmi omadli keladi. Ular juda foydali kelishuvni imzolashga muvaffaq bo`ladilar. Natijada daromadlari ko`payib, taniqlilar qatoriga qo`shiladilar. Ammo bunday vaziyatda o`zingizni ko`z-ko`z qilishdan qoching, aks holda hasadgo`ylar tuzog`iga ilinib qolasiz. Omad kulib boqqan chog`da ushbu qiyinchiliklarni engib o`tishda sizga ko`mak bergan insonlarga minnatdorchilik bildirib qo`yishni ham unutmang.

AYoL "DALV"LAR

Do`stona munosabatlarni qadrlovchi ayollar atrofdagilarga juda samimiy javob qaytarishadi. Yolg`on va notabiiy­ munosabatlarni xushlamaydilar. Raqobatchilarga qarshi borish o`rniga, ular bilan ham do`stona munosabatda bo`lib, vaziyatga darrov ko`nikadilar.

“To`ng`iz yili”da ijodiy parvozlar ham kutilmoqda. Ishda ham baxt qushi elkangizga qo`nishi tayin. Biroq sinov muddatidan ijobiy natijalar bilan o`tib olishingizga to`g`ri keladi. Uyatchanlik va sipolikni chetga surib, g`ayratliroq va shiddatliroq bo`lishga harakat qiling. Agar yaxshi natijalarga erishishni istasangiz sardorlik uchun haqqoniy kurash olib boring. Omad sari olib boruvchi yo`lda ishni puxta va o`z vaqtida bajarishingiz, boy taassurot, ziyrakligingiz qo`l keladi.

ERKAK "DALV"LAR

2019 yilda ba`zi “Dalv”lar jamiyat qonun-qoidalari bilan kelishib ish ko`rishlariga to`g`ri keladi. Oilada turmush o`rtoqlarining fikrlari bilan o`rtoqlashib ish ko`rsalar, totuvlik yo`qolmaydi. Mas`uliyatli va ko`ngli ochiqlar atrofdagilar bilan tezda til topishib ketadilar. Ammo ba`zida o`ziga bo`lgan ishonch va egoizm ustunlik qiladi. Bunday vaziyatda egosentrizmni xudbinlik bilan almashtirib qo`ymang. Oilada rashk va tushunmovchiliklarga ham o`rin yo`q. Bola tarbiyasida alohida e`tiborli bo`ling.

Yanvardan aprelga qadar ko`pgina muammolar paydo bo`ladi.Bu nafaqat ishdagi tushunmovchiliklar, balki oiladagi nizolar hamdir. Bahorga kelib vaziyat salgina engillashadi, biroq ehtiyotkorlikni unutmang. Ishda xatolarga yo`l qo`ymaslik uchun mas`uliyatliroq bo`lishga harakat qiling.


Ushbu maqolani do'stlaringizga ham tarqating, ular ham o'qib chqishsin.
Имя:
Email:
Код: